Shablon strukturasi

Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi!

Xush kelibsiz yangi darslar turkumiga. Ushbu darslar turkumida siz bilan WordPressda qanday qilib boshlang’ich – oddiy shablon yasashni o’rganamiz, nasib etsa 🙂

Darsni boshlashdan oldin shalon o’zi nimaligi va uning vazifasi nimaligiga to’xtalib o’tsak.

WordPressda shablonlar ‘theme’ deb ataladi. Shablonlar saytning ‘kiyimi’ desak ham bo’ladi. Sababi wordpressda qilingan sayt ko’rinishini shablon generatsiya qiladi. Ya’ni shablonda sayt ko’rinishi mujassam etadi.

Demak biz ushbu darslar turkumida WordPressda qilingan saytlarning ko’rinishlarini yasashni o’rganar ekanmiz.

  • WordPress shablonlar wp-content/theme/ papkasida joylashgan bo’ladi;
  • Har bir shablon o’z papkasiga ega bo’ladi;
  • Har bir shablon index.php va styles.css fayllariga ega bo’lishi kerak.

Yuqorida aytilganidek WordPress shablonida 2 ta fayl zaruriy hisoblanadi qolganlari ixtiyoriy, ammo o’z vasifasiga ega:

  • style.css*
  • index.php*
  • functions.php
  • archive.php
  • category.php
  • taxonomy.php
  • home.php
  • single.php
  • single-{post-type}.php
  • page.php
  • 404.php
  • image.php
  • attachment.php
  • va hokazolar…

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan