Nega WordPress?

Yangi loyiha ustida ish boshlovchilar, saytlar olamiga endi kirib kelayotgan yangi o’yinchilar, ishlab turgan saytining ba’zi tomonlaridan qoniqmayotgan foydalanuvchilar ba’zan tayyor CMSlar haqida o’ylaganda ulardan qaysi birini tanlashga ikkilanib qolishadi. Ushbu maqolada aynan shunday kishilarga o’z bilgan narsalarimdan ba’zilarini aytib o’tmoqchiman va lozim topsam tavsiyalarimni ham yozmoqchiman.

WordPress CMSini taqqoslovchilar odatda uni Joomla, Drupal kabi CMSlar bilan taqqoslashadi. WordPress CMSi Joomla yoki Drupaldan ustun deya olmayman, sababi Joomladan foydalanib, u uchun ba’zi mod va templatelar yasaganimda uning o’ziga xos strukturasi va developerlarga taklif qiladigan imkoniyatlari menga yoqdi. Drupaldan esa foydalanmaganman shuning uchun ham u haqda biror narsa deya olmayman. Ammo shunday bo’lsa ham quyidagi ba’zi taqqoslashlarni e’tiboringizga havola etmoqchiman:

Drupal Joomla WordPress
Sahifasi www.drupal.org www.joomla.org www.wordpress.org
Ma’lumot Drupal kuchli, dasturchilar uchun qulay har xil darajadagi murakkablikdagi saytlarni tayyorlash imkonini beruvchi platforma. Foydalanuvchilardan ma’lum darajada dasturchilik bilimimini talab qiladi  Joomla Drupal va WordPressning o’rtasi, dasturchilik bilimiisiz ham sayt tayyorlab, uni boshqarsa bo’ladi, ammo dasturchilik bilimidan bexabar kishilarga WordPresschalik imkoniyatlar taklif qila olmaydi.  Wordpress oddiy, kichik blog platformasi sifatida yaratilgan. Ammo hozirgi kunda boshqa turdagi saytlar uchun ham foydalanilmoqda, uning uchun shablon va plaginlar shuqadar ko’pki o’zingizga kerak bo’ladigan funksiyani bajaruvchi plagin, o’zingizga yoqqan ko’rinishdagi shablonni to’g’ri izlashni bilsangiz bo’ldi, uni topa olishingiz ehtimolligi ancha yuqori
Foydalanilayotgan ba’zi saytlar http://fastcompany.com/

http://teamsugar.com/

http://fledu.uz/

http://www.quizilla.com/

http://gsas.harvard.edu/

http://www.ihop.com/

http://tas-ix.uz/

http://blog.us.playstation.com/

http://business.blogs.cnn.com/

http://center.arc.nasa.gov/

http://observer.com/

http://daryo.uz/

 O’rnatish  Drupal forumi  Joomla forumi  WordPress forumi
Foydalanishdagi qulayliklar Drupal uchchala CMS ichida dasturchilik bilimini eng ko’p talab qiluvchi CMS hisoblanadi. Ammo har yangi versiyasida foydalanish qulaylashib bormoqda. Agar siz dasturchilik bilimini olish imkoniyatingiz yo’q deb hisoblasangiz, yoki birorta dasturchini yollash imkoniga ham ega bo’lmasangiz unda bu CMS siz uchun noqulay bo’lishi mumkin. Druplaga nisbatan qulayroq, WordPressga nisbatan murakkabroq. O’rnatish jarayoni juda oson, deyarli dasturchilik bilimini talab qilamydi. Ammo imkoniyatlarining ko’pligi tufayli boshqaruv paneli yetarlicha murakkab, agar yangi module, plaginlar o’rnatmoqchi bo’lsangiz dasturchilik bilimini ham talab qilishi ehtimoldan holi emas. Dasturchilik bilimi umuman shart emas. Visual tahrirlovchisi ham juda qulay bemalol MS Worddan xohalagan formatdagi matnni kiritishingiz mumkin, bunday imkoniyatni Joomla va Drupallar taklif eta olmaydi.
Imkoniyatlari O’zining kuchli taksonimiya tizimi bilan ma’lum. Ma’lumotlarni har qanday murakkablikdagi strukturada joylashtirish imkoniyatini beradi. Kuchli ijtimoiy platforma yasash imkonini beradi. Online savdo platformalari yasash uchun ham juda qulay. Foydalanishdagi soddalik ushbu CMSning asosiy imkoniyati hisoblanadi. Web dasturchi va web dizaynerlarga yaxshigina imkoniyatlar taklif qiladi. Yana bir ajoyib tomoni WordPress saytni tayyorlab mijozga topshirganingizdan keyin saytdan hech ham havotir olmasangiz ham bo’ladi.
Keshlovchi plaginlari Pressflow: http://pressflow.org/
Ushbu plagin Drupal bilan birga yuklanadi, o’rnatilgan Drupalda ba’zi bir muhim funksiyalar qatorida bo’ladi.
JotCache Joomla 1.5 versiyasi uchun keshlovchi plagin, ushbu plagin qaysi sahfialar keshlanishi kera-gu qaysilar keshlanmasligi kerakligini ham nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Joomlaning o’zi bilan birga keluvchi System Cache Plugin plagini ham mavjud. WP-SuperCache – http://wordpress.org/extend/plugins/wp-super-cache/
ma’lumotlar ba’zasidan olinib generatsiyalanadigan sahifalarning html nusxalarini yaratadi va sahifalarning yuklanish jarayonini optimallashtiradi.
Qanday holatda foydalangan ma’qul Murakkab, ko’p funksiyali va ko’p foydalanuvchili saytlar uchun qulay WordPressga nisbatan murakkabroq saytlarni qo’llay oladi. Kichik – yangilik, kunlik blog saytlari, foydalanish oson bo’lishi kerak bo’lgan saytlar uchun ayni muddao.

Endi WordPress CMSi taklif qiladigan qulayliklar bilan batafsilroq tanishamiz

Eslatma: Ushbu imkoniyatlar boshqa CMSlarda ham yo’q emas.

Yaqindagi so’rovnoma natijalariga ko’ra WordPress tizimi butun dunyodagi saytlarning 24.1% qismida asosiy tizim sifatida foydalaniladi. Dunyo saytlarining deyarli to’rtdan birini egallay olgan WordPress tizimi Sizning talablaringizni ham qanoatlantirishi tabiiy. O’zining deyarli cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligi, tez va xatosiz ishlashi, ko’p resurs talab qilmasligi, bepulligi, tez-tez yangilanib turilishi, xavfsizligi va juda ko’p shablon/plaginlarga ega ekanligi sababli dunyodagi kontent boshqarish tizimlari ichida birinchi o’ringa chiqa olgan WordPress tizimi hozirgi kunda Time Magazine, Google, Facebook, Sony, Disney, LinkedIn, The New York Times, CNN, eBay va boshqalar kabi mashxur saytlarning asosi sifatida ishlab turibdi. WordPress tizimini yana qanday mashxur saytlar/kompaniyalar/shaxslar ishlatishi haqida wordpress.org/showcase sahifasida bilib olishingiz mumkin.

O’z saytingizni tashkil etish haqida o’ylab turgan va qaysi ma’lumotlarni boshqarish tizimidan foydalanish yuzasidan ikkilanayotgan bo’lsangiz WordPress tanlovida to’xtalishingizni tavsiya etaman. To’g’ri, WordPressdan tashqari saytingizni Joomla, DataLife Engine yoki boshqa biror tizimda tashkil etishingiz ham mumkin, ammo ularning hech biri WordPress tizimiga tenglasha olmaydi. Bu mening fikrim emas, statistik ma’lumotlarga asoslangan fakt hisoblanadi. O’zingiz ham bu borada Google orqali shaxsiy izlanishingizni amalga oshirib ko’rishingiz mumkin.

WordPress tizimining boshqa tizimlarga nisbatan bir necha ustunliklarga ega bo’lishida, uni boshqa tizimlardan alohida ajratib turuvchi bir necha sabablar bor. Siz saytingizning asosi sifatida WordPress tizimini tanlashingiz kerak, chunki:

WORDPRESS TIZIMIDAN FOYDALANISH BEPUL. Faqatgina tizimning o’zi emas, balki u bilan birga keladigan barcha erkinliklar imkoniyatlari ham bepul taqdim etiladi. Siz WordPress tizimini o’zingiz istagancha o’zgartirishingiz, buzishingiz, tuzatishingiz, hatto o’zgartirilgan fayllaringizni sotishingiz va hech qanday alohida ruxsatsiz WordPress yordamida pul ishlashingiz ham mumkin!

Bundan tashqari WordPress tizimi resurslarga eng boy tizim hisoblanadi. Bugungi kunda WordPressning 2600 dan ortiq bepul shablonlari, 31000 dan ortiq bepul plaginlari bor. Ulardan hech qanday to’lovsiz va cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin. Boshqa tizimlar Sizga bunchalik ko’p imkoniyatni bera olmaydi.

WORDPRESS TIZIMINI O’RGANISH OSON. WordPress bepul tizim bo’lganligi sababli uni ko’p sonli ustalar birgalikda rivojlantirishadi va tabiiyki tizim ustida ishlayotgan mutaxassislar o’zlari hissa qo’shib turgan soha bo’yicha WordPressga oid sifatli, bepul darslarni o’z muxlislari e’tiboriga havota etib borishadi. Hozirgi kunda WordPress tizimi haqida internetda juda ko’p ma’lumot topishingiz mumkin. Tizimni o’qib o’rganmoqchimisiz, yoki video darslar yordamida o’rganishni xohlaysizmi – har qanday holatda ham Sizning tanlovingiz juda katta resurslar bazasi ichidan bo’ladi. Bugun WordPressni o’rganish uchun vaqt va ingliz/rus tilini bilishdan boshqa talab yo’q. Sodda usulda tushuntirilgan online darslarni o’qib WordPress tizimida ishlash bo’yicha eng sodda ma’lumotlardan boshlab eng murakkab shablon tayyorlash yoki plagin yasash kabi amaliyotlarni bajarishgacha rivojlanishingiz mumkin.

WORDPRESS ISTALGAN TURDAGI SAYTNI BOSHQARA OLADI. Bir necha yillar avval WordPress faqat blog tizimi sifatida mashxur edi. Hozirgi kunga kelib esa uni deyarli barcha turdagi saytlarning asosi sifatida ishlatish mumkin. WordPressning cheksiz imkoniyatlar hadya etuvchi plaginlari va saytni istalgan ko’rinishga keltira oluvchi shablonlarga boyligi sababli WordPress bilan istalgan turdagi saytni tayyorlashimiz mumkin. Bu tizim asosidagi saytingiz faqat o’zingizning tasavvuringiz bilan cheklanishi mumkin, xolos.

WORDPRESS QIDIRUV MASHINALARIGA JUDA MOS. WordPress tizimining SEO jihati juda yaxshi tashkil etilgan. Demak, WordPress asosida ishlaydigan saytingiz ma’lumotlari Google, Yandex, Alto kabi qidiruv mashinalarida yaxshiroq topilishi bilan boshqa tizimlarda tayyorlangan saytlardan alohida ajralib turadi. WordPressning SEO plaginlari esa tizimning bu imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. WordPress bilan Sizning saytingiz ma’lumotlari qidiruv mashinalari yordamida tez va aniq topiladi hamda saytingiz minglab yangi foydalanuvchilarga osonlik bilan ega bo’ladi.

WORDPRESS ASOSIDAGI SAYTNI BOSHQARISH OSON. Sayt tayyorlash sohasida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmagan, eng tajribasiz kishi ham WordPress asosidagi saytni osonlik bilan boshqarishi mumkin. WordPress tizimining tushunarli, yaxshi tartiblangan admin paneli boshqaruvchiga maksimal darajadagi yordamni ko’rsata oladi. Tizimdagi avtomatlashtirish yaxshi tashkil etilganligi sababli saytingizni yuritishda yangi ma’lumotlar kiritishdan tashqari deyarli hech narsa qilishingiz talab etilmaydi.

WORDPRESS TIZIMI XAVFSIZ. Tizim tez-tez yangilab turiladi va undagi kuzatilishi mumkin bo’lgan har qanday xavfsizlik muammolari darxol bartaraf etib boriladi. Sayt boshqaruvchisi sifatida saytingizning asosi, shablonlari va plaginlarini avtomatik tarzda yangilab turishingizning o’zi kifoya. Saytingizning dasturiy ta’minoti eng yangi versiyada bo’lsa, saytingiz hakkerlar xujumi va boshqa xatarlardan himoyalangan hisoblanadi.

WORDPRESS TIZIMIDA BARCHA TURDAGI FAYLLAR ISHLATILISHI MUMKIN. Saytingizda istalgan turdagi rasmni, har qanday audio yoki video ma’lumotni, PDF xujjatlarni yoki boshqa har qanday faylni ko’rsatishingiz mumkin. WordPress barcha turdagi fayllarni qo’llab-quvvatlaydi va har qanday yangi turdagi, kamyob fayl turini saytingizda ko’rsatishingiz uchun har doim kerakli plagindan foydalangan holda ish ko’rishingiz mumkin.

WordPress tizimining yuqorida sanab o’tilgan bir necha imkoniyatlaridan tashqari yana minglab boshqa qulayliklari mavjud. Tizim Sizga saytingizni muvaffaqiyatli yuritishingiz uchun kerakli bo’lgan barcha imkoniyatni taqdim eta oladi. Saytingizni tayyorlashda, yuritishda va tashkil etishda aynan WordPress tizimidan foydalanishingizni tavsiya etaman. Dunyoning millionlab saytlari o’z ma’lumotlarini ishonib topshirgan tizim imkoniyatlaridan foydalaning!

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan