PHPda murojaat Ajax ekanligini tekshirish

Hozirgi kunda web saytlar tayyorlash jarayonida ajax texnologiyasini qo’llash odatiy hol bo’lib qolgan. Ammo ba’zi hollarda web sahifalarda odatiy murojaatlarda o’zgacha va ajax murojaatlarda o’zgacharoq ma’lumot ko’rsatishga to’g’ri kelib qoladi. Masalan ajax texnologiyalarini ko’p hollarda web sahifalarni qisman yangilash maqsadida ishlatiladi. Shunday holatda web sahifaga ajax murojaat bo’lsa, server web sahifaning faqat kerakli qisminigina murojaat etuvchiga berishi kerak bo’ladi mana shunday hollarda murojaatning ajax orqali ekanligini tekshirish kerak bo’lib qoladi. Quyidagi kod yordamida siz murojaatning ajax ekan yoki yo’qligini tekshirishingiz mumkin:

<?php
/* ajax bo'lmaganda ham ishlaydigan ba'zi kodlar .... */
...

/* AJAX tekshirish */
if(!empty($_SERVER['HTTP_X_REQUESTED_WITH']) && strtolower($_SERVER['HTTP_X_REQUESTED_WITH']) == 'xmlhttprequest') {
	/* maxsus ajax uchun mo'ljallangan kod */
	echo 'Ajax murojaat'; //masalan
}

/* ajax bo'lmaganda ham ishlaydigan ba'zi kodlar .... */
?>

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan