.svn papkalarni rekursiv o’chirish

Dasturchilar guruh bo’lib biror loyiha ustida ishlaganda, umuman ko’pchilik dasturchilar o’z  kodlarini bitta joyda saqlashda, yoki ularning versiyalarini nazorat qilishda Git yo SVN kabi versiya boshqaruvchi dasturlaridan foydalanadi. Ana shunday loyihalarda ushbu versiya boshqaruvchilari loyiha papkalarida o’z maxsus papkalarini tashkil etishadi. Masalan Git versiya boshqaruvchisi loyihaning bosh papkasida .git maxsus papkasini tashkil etadi. SVN esa Gitdan farqli o’laroq loyihaning har bir papkasida .svn maxsus papkalarini tashkil etadi. Ana shu .svn papkalarida kodning versiyalardagi farqli revisionlari saqlanadi. Bu degani loyihaning .svn papkalarida maxsus nusxalari bo’ladi degani. Bu narsa dasturlash jarayonida juda as qotadi, ammo loyihani prodakshn – efir holatiga chiqarishda ya’ni ‘chop’ etilgach ushbu fayllar va papkalar keraksiz bo’lib qoladi, mana shunday holatda .svn papkalarini o’chirishga to’g’ri keladi, loyihadagi papkalarning sonini va uning har birining ichida .svn papkasi borligini hisobga olsak, bu oson ish emas. Mana shunday holatda 1 click ‘bir bosish’  bilan ushbu muammoni hal qilish mumkin bo’lga usullar ham bor, quyida shu usullar bilan tanishib chiqamiz:

.svn papkalarini *nix tizimidagi OTlarda o’chirish (ushbu joyir papkadagi barcha .svn papkalarini rekursiv tarzda o’chiradi):

find . -type d -name '.svn' -exec rm -rf {} \;

.svn papkalarini Windows OTda o’chirish (ushbu joyir papkadagi barcha .svn papkalarini rekursiv tarzda o’chiradi):

for /d /r . %d in (.svn) do @if exist "%d" rd /s/q "%d"

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan