WordPressda har bir bo’lim (category) uchun alohida single.php

Ba’zan wordpressda ba’zi bir maxusus bo’limga kiruvchi postlarni boshqa postlardan boshqacharoq ko’rinishda qilishga to’g’ri kelib qoladi, ana shunday holatda bitta maxsus template fayl qilinishi va barcha postlarga o’sha templateni ‘single.php‘ o’rniga ishlatish kerakligi ko’rsatilishi kerak bo’ladi. Buni quyidagi function yordamida amalga oshirish mumkin:

add_filter('single_template', create_function(
'$the_template',
'foreach( (array) get_the_category() as $cat ) {
if ( file_exists(TEMPLATEPATH . "/single-{$cat->slug}.php") )
return TEMPLATEPATH . "/single-{$cat->slug}.php"; }
return $the_template;' )
);

Ushbu function ‘functions.php‘ fayliga qo’yiladi va kerakli template fayl single-maxsus-cat-slug.php tarzida nomlanadi. ‘cat-slug’ – bu tanlangan bo’lim slugi hisoblanadi. Masalan, belgilangan bo’lim WordPress bo’limi bo’lgan holatda:

wordpress-cat-lug

 

template fayl nomi: single-wordpress.php bo’ladi.

Eslatma: Bo’lim slugi lotin harflarida bo’lishi tavsiya etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • Kodni o’qishga qulayroq formatlash kerak ekan!

    Javob berish